ARNEM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARNEM haqida malumot bilib oling.

ARNEM — Niderlandiyadagi shahar, Gelderland provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 132 ming kishi (1991), shahar atrofi bilan 293 ming kishi. Reyn daryosi sohilidagi port. Avtomobil va t. y. lar tuguni. Qalay, tamaki, sunʼiy ipak, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, koʻn-charm korxonalari bor. Ochiq havodagi Niderlandiya muzeyi (xalq meʼmorligi, V. Van Gog asarlari) joylashgan. Sint-Esebiuskerk gotika cherkovi (15—16-a. lar), «Iblis uyi» (16-a. ; 19 – a. dan — ratusha) bor.

Ensiklopediya.uz
ARNEM