
ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI haqida malumot bilib oling.
ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI — Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻlida 1983-y. da tashkil etilgan (hozir Aydar koʻli, Tuzkon, Arnasoy koʻllari birlashib ketgan). Mayd. 63,5 ming ga. Oʻtkinchi qushlar (baklan, chayka (baliqchi qush), qarqara va b.) va shu yerda uya qurib joʻja ochadigan yovvoyi oʻrdak, gʻoz va b. qushlar muhofaza qilinadi. Hududida katta-katta qushlar galalari yashaydi, suvda suzuvchi qushlar, suv hayvonlari keng tarqalgan. Sohil boʻyidagi qamishzorlar va butalar orasida ondatra, tulki, qorsoq, qamish mushugi va b. yashaydi. Koʻlda zogʻora baliq, laqqa baliq, usach kabi baliq turlari koʻp.
Ensiklopediya.uz
ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI