
ARMSTRONG haqida malumot bilib oling.
ARMSTRONG (Armstrong) Nil (1930.5.8, Ogayo shtatidagi Uapakoneta sh.) — AQSH astronavt uchuvchisi. 16 yoshida uchuvchilik huquqini olgan. 1955-y. da Lafayett shahridagi (Indiana shtati) Perdyu un-tini bitirib, aviatsiya texnigi mutaxassisligini egallagan. Harbiy dengiz floti qismlarida xizmat qilgan. Lyuis tadqiqot markazida sinovchi-uchuvchi boʻlgan. Armstrong 1962-y. dan astronavtlar guruhida. 1966-y. 16-martda Armstrong «Jeminay-8» kosmik kemasining komandiri sifatida (J. Skott b-n) fazoga uchdi. 1969-y. 16 — 24-iyulda «Apollon-11» kosmik kemasining komandiri sifatida E. Oldrin va M. Kollinz bilan birga tarixda birinchi marta Oyga uchdi va u yerda 21 soat 36 minut boʻldi. A. Oyga birinchi qadam qoʻygan (1969-y. 21. iyulda) inson. Dasturni muvaffaqiyatli bajarib Yerga qaytgan.
Ensiklopediya.uz
ARMSTRONG