
ARMATURALI SEMENT KONSTRUKSIYALAR haqida malumot bilib oling.
ARMATURALI SEMENT KONSTRUKSIYALAR — qalinligi 20 mm dan oshmaydigan yupqa devorli temir-beton konstruksiyalar. Mayda toʻldirgichli beton orasiga ingichka (0,5 — 1,6 mm) poʻlat simdan zich toʻqilgan armatura toʻri joylashtirib tayyorlanadi. Armaturali sement konstruksiyalarning bikrligi (qattiqligi) va suv oʻtkazmaslik xossasi temir-beton konstruksiyalarga qaraganda ancha yuqoriroq boʻladi. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarida (rasmga q.), rezervuarlar qurishda, kemasozlik va b. da ishlatiladi. Bundam konstruksiyalarni turli shakllarda yasash mumkin. Kamchiligi: oʻtga chidamliligining pastligi, beton va armaturalarni korroziyadan asrash zarurligi.
Armaturali sement elementlardan 46×46 m oʻlchamli qilib yasalgan yigʻma monolit qobiq.
Ensiklopediya.uz
ARMATURALI SEMENT KONSTRUKSIYALAR