ARLOT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARLOT haqida malumot bilib oling.

ARLOT, arlat, allot — oʻzbek urugʻlaridan biri. Abulgʻoziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» asarida Arlot maʼnosi haqida quyidagi misralar bor: «Aning maʼnosi otaning sevar oʻgʻli temak boʻlur. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi kup sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nayeli tururlar» (40-6.). Manbalarga koʻra, Chingizxon tomonidan Chigʻatoy ulusini boshqarish uchun ajratilgan 4 ming kishilik qushin boshliklaridan biri ham Arlot urugʻidan (qolgani jaloyir, barlos, qavchin) boʻlgan. Arlotlar Amudaryodan jan. da, Shim. Afgʻoniston hududiga oʻrnashganlar. Keyingi asrlarda hoz. Oʻzbekistonning jan. viloyatlari, shuningdek Xorazmga koʻchib utganlar. Bu nom hoz. vaqtda etnonim va baʼzan toponim sifatida Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida koʻproq uchraydi. Buxoro viloyatidagi Olot sh. ning nomi ham «arlot» suzining fonetik oʻzgarganidir.

Ad.: Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992.

Ensiklopediya.uz
ARLOT