
ARKOZLAR haqida malumot bilib oling.
ARKOZLAR (arkozli qumtoshlar) — asosan, kvars va uzgarmagan kaliyli dala shpatlari hamda qisman plagioklazlardan tarkib topgan chaqiq yotqiziklar. Arkozlarning sementa: slyudaning mayda zarrachalari hamda gil minerallari (kaolinit, gidroslyuda va b.), ohak va temir gidroksidlaridan iborat. Arkozlar granit va gneyslarning yemirilishidan hosil boʻladi. Zarrachalarining diametri 0,1 — 2 mm boʻlgan boʻsh arkozdan tuzilgan jinslar arkoz qumlar deb ataladi. A r – koz quml arning sementlanishidan hosil boʻlgan jinslar — arkoz qumtoshlar deyiladi.
Ensiklopediya.uz
ARKOZLAR