ARIXOʻRLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARIXOʻRLAR haqida malumot bilib oling.

ARIXOʻRLAR (Pernis) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub urugʻning nomi. Ularning ikki turi bulib, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Arixoʻrlar qishlash uchun Afrika va Osiyoning jan. ga uchib ketadi. Oʻzbekistonda bitta turi har zamonda (bahor yoki kuzda) uchrab qoladi. Arixoʻrlar baland daraxtli oʻrmonlarda yashaydi. Uyasini daraxtlarga quradi. Baʼzan ikkita tuxum qoʻyadi va tuxumini urgʻochisi bosadi. Joʻjalarini boqishda erkagi ham yordamlashadi. Bu qush ari, qovoqari, asalari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. Ana shu hasharotlar tarqalgan joylarda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
ARIXOʻRLAR