ARISTOFAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARISTOFAN haqida malumot bilib oling.

ARISTOFAN (Aristophanes) (taxm. mil. av. 445 — 385) — yunon shoiri, «komediya otasi». A. nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan boʻlib, ijodida yorqin namoyon boʻladi va oʻsha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini oʻziga rom etgan radikallar aqidasiga («Chavandozlar»), sofistlarning individual falsafasiga («Bulut») ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini koʻra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi («Lisistrata»), Hayotiy shaxslarni kamsitish («Bulut»da — Sokratni), fantastik vaziyatlar («Axariyanlar», «Qushlar») ham Aristofan ijodiga mavzu boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ARISTOFAN