
ARISTIPP haqida malumot bilib oling.
ARISTIPP (Aristippos) (mil. av.5-a. 2-yarmi — 4-a. boshi) — yunon faylasufi, Sokratning shogirdi, Kiren maktabining asoschisi. Gedonizm asoschilaridan biri. Aristipp hayotning oliy maqsadi xursandchilikda deb bilgan, lekin uning fikricha, inson xursandchilikka boʻysunmasligi lozim, balki oqilona lazzatlanishga intilishi ke-rak, chunki oqilona lazzatlanish uning oliy saodatidir. Yaxshilik va yomonlikning, chin va yolgʻonning mezoni — xursandchilik va azob-uqubatdir.
Ensiklopediya.uz
ARISTIPP