ARIOZO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARIOZO haqida malumot bilib oling.

ARIOZO (ital. arioso — ariyaga oʻxshash) — 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Koʻpincha operalarning rechitativli sahnalari oʻrtasi (yoki oxiri) da foydalaniladi. A. Kozlovskiyning «Ulugʻbek» operasidagi Ulugʻbek va Chol, M. Yusupovning «Xorazm qoʻshigʻi» operasidagi Diddor, R. Hamroyevning «Zulmatdan ziyo» operasidagi Gulnor Ariozo lari;

2) vokal va cholgʻu musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin surʼatli asar. S. Yudakovning «Muborakbod» kantatasidagi «Ona Axi» va b. ;

3) tabiatan kuychan ijro uslubi.

Ensiklopediya.uz
ARIOZO