ARININ Mixail Aleksandrovich haqida malumot bilib oling.
ARININ Mixail Aleksandrovich (1897.3.9, Saratov gubernyasi — 1967.7.5, Toshkent) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1951). 1924-y. dan dastlab Koʻqonda, soʻng Toshkentda yashab ijod qilgan. 1930-y. larda «Paranjini yondirish», «Gʻoʻza chopigʻi» (1935), «Paxta topshirish» (1937) va b. asarlarni yaratdi. 2-jahon urushi yillari OʻzTAGda ishladi. Shim. Kavkaz frontida boʻlib, «Nemislar ketgandan keyin», «Togʻlik qiz portreti», «Fashistlar qiynoqxonasida» asarlarini, urushdan keyin «Musobaqalashmoqdalar» (1949), «Shohimardon yoʻlida» (1957) kabi asarlarni ishladi. 1956 — 57 y. larda u Oʻ. Tansiqboyev va K. Cheprakovlar bilan Navoiy teatri foyelarini devoriy rasmlar bilan bezadi. Arinin manzaralari («Sirdaryo», 1960; «Bahor», 1962 va b.) da Oʻzbekistonning goʻzal tabiatini aks ettirdi.
Ensiklopediya.uz
ARININ Mixail Aleksandrovich