ARILAR haqida malumot bilib oling.
ARILAR, arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kovlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yigʻuvchi apparatni hosil qiladi, uzun xartumi esa guldan nektar yigʻishga moslashgan. Arilarga 7 oila, 30 mingdan koʻproq toʻr kiradi, Oʻzbekistonda bir necha yuz turi uchraydi. Koʻpchilik Arilar yakka yashaydi, ulardan faqat ayrim Arilar koloniya hosil qiladi (mas, andrenalar), boshqalari jamoa boʻlib yashaydi. Barcha arisimonlar uya quradi, bolasini nektar va chang aralashmasi bilan boqadi. Arisimonlar orasida uya parazitlari (kakku-ari) uchraydi. Arilar gulli oʻsimliklarning changlanishida katta ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
ARILAR