Argumentlashning mantiqiy asoslari to’liq malumot oling
Argumentlashning mantiqiy asoslari
Reja:
1. Argumentlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi.
2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.
3. Raddiya, rad etish usullari.
4. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.
Vatanimiz-o‘zbekistonning gullab-yashnashi, barqaror, mustaxkam bo‘lishi ma’lum bir darajada yoshlarning ongli, bilimli komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu xaqda Prezidentimiz I. A Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U xar bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. o‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi» .
Chuqur taxlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chang‘itadi. Faqat baxs-munozara, taxlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina xaqiqatni bilishga yo‘l ochadi.
Baxs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o‘ziga xos qonun qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish xar bir insonga, shu jumladan talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
1. Argumetlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi.
Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o‘zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr, muloxazani yoki muloxazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo‘li bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va xokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo‘ladi. Bevosita dalillash xissiy bilishga, ya’ni ko‘rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi xam nisbiydir.
Dalillashning xususiy ko‘rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, muloxazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo‘lsa, dalillashdan maqsad xam fikrning chinligini aniqlash, uning axamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo‘llash mumkinligini asoslashdir. Isbotlash jarayonida qo‘llaniladigan chin muloxazalar (asoslar) berilgan fikrning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, dalillash, bundan tashqari, dalillanayotgan fikrning boshqa shu kabi fikrlardan afzalroq ekanligini asoslash uchun xam xizmat qiladi. Dalillash uchun keltirilgan argumentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan rang-barang bo‘ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Isbotlash xulosa chiqarish ko‘rinishida amalga oshadi. Dalillash ko‘proq suxbat (dialog) ko‘rinishida bo‘lib, uning ishtirokchilaridan xar biri o‘z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etishga va tinglovchilarning o‘zini xam fikr qilishga, o‘z fikrlariga ishontirishga xarakat qiladi.
Dalilillash jarayonida retsipiyentlarga (lot — qabul qiluvchi) – tinglovchilarga biror fikrning to‘g‘ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning so‘z san’atini qay darajada egallaganligi, ya’ni notiqlik maxorati tinglovchilarda ishonch-e’tiqodning shakllanishida muxim rol o‘ynaydi.
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-xarakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.
2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning qay darajada chin bo‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko‘p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun xam bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muxim axamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p xollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.
Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya.
Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Ta’riflar xam chin xukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «xarakat — bu xar qanday o‘zgarishdan iborat» degan ta’rif-chin xukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p xollarda yakka xodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «o‘zbekiston — mustaqil davlatdir» degan xukm (tezis) ning chinligi «o‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan xukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apogogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( ) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya xarakatsiz mavjud emas» degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya xarakatsiz mavjud» degan xukm olinadi.
Apogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya xarakatsiz mavjud» degan xukm chin bo‘lsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud» degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) xam chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. demak «Materiya xarakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya xarakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan «jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan» degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs xam, S shaxs xam sodir etmaganligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan» degan xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi-qat’iy sillogizmning inkor etib-tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan:
Barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, ya’ni tezis isbotlanadi.
3. Raddiya, rad etish usullari.
Raddiya-isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb xisoblash mumkin. Raddiya xam isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan xukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muxokama qilish ya’ni baxs, munozara jarayonida uchraydi. Baxs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni ximoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). xal qilinmagan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan baxslar polemika xisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz xam qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish;
2) argumentlarni rad etish;
3) demonstratsiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan: «Sovet davrida o‘zbekiston mustaqil respublika bo‘lgan» degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. o‘sha davrda Respublika raxbariyati birorta muxim masalani Moskvaning ruxsatsiz xal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik bo‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha:
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yozuvliklar qilgan» degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida xam bunyodkor, xam yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu-masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. qonxo‘r odam «Kuch-adolatda» deyishi mumkinmi?»
Darxaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi.
II. Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning xam xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi xam mumkin:
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.
III. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan xolda qo‘llaniladi.
4. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda
kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.
Tezisga aloqador qoidalar;
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish bexuda ish xisoblanadi.
2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi.
Argumentlarga nisbatan qoidalar;
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin xukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim.
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
3. Argumentlar tezisdan mustaqil xolda chinligi isbotlangan xukmlar bo‘lishi lozim.
Isbotlash usulining qoidasi:
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi:
I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar
1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bu yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishi xam baxs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning axamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga xarakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
2. Insoning shaxsiy sifatini baxona qilib tezisni almashtirish. Baxs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponetning shaxsiy, ijtimoiy xayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning xis-tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish xam tezisni almashtirish xisoblanadi.
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga xarakat qilinadi. Agar A xodisadan V kelib chiqsa, lekin V xodisadan A kelib chiqmasa, unda A xodisani ifodolovchi tezis V xodisani ifodolovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan yerda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga xarakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvoxlar bor.
II. Argument (asos) larga taalluqli xatolar.
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini xamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi» degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi» deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi.
III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.
1. «Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam» degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi.
2. Shartlangan fikrdan, shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar:
a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu xaqida deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan.
b) Induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak shuning uchun » deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, bir-ikki talabaning darsga masuliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib, «xamma talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir.
v) Analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgi zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash belgiga asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan xodisalar o‘zaro taqqoslanishi natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi.
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo‘l qo‘yuvchilar sofistlar deb, ularning ta’limoti esa sofizm (grek.-ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. Chinligini xam, xatoligini xam birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa, paradoks deb ataladi.
Baxs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:
— zaruriyatsiz baxslashmaslik;
— mavzusiz baxs yuritmaslik va baxs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik;
— baxs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, baxsni to‘xtatish;
— mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina baxslashish;
— baxs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning xam to‘g‘riligini e’tirof etish va x.k.
— bir baxs doirasida baxslashish usullarini aralashtirib yubormaslik.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va baxs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Adabiyotlar
1. Islom Karimov. o‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «o‘zbekiston», 1998.
2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. «Muloqot», 1998, №5.
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T.6-T.: «o‘zbekiston», 1998.
4. Islom Karimov. o‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: «o‘zbekiston», 1999.
5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., o‘zbekiston 2000.
6. M. Xayrullayev, M. xaqberdiyev. Mantiq. 11-bob.
7. Yu.V. Ivlev. Logika. 8-bob.
8. I. Raximov. Logikadan amaliy mashg‘ulotlar va metodik tavsiyalar. 6-bob.
9. N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar.
10. I.A. Karimov. Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman. Prezident Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblari. «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
11. A.A. Ivin. Iskusstvo pravilno mislit. M., 1990.
12. V.I. Kurbatov. Sotsialno-politicheskaya argumentatsiya: logiko-metodologicheskiy analiz. Rostov-na-Donu, 1991.
13. K.G. Pavlova. Iskusstvo spora: logiko-psixologicheskiye aspekti. M. 1988.
14. P. Sergeich. Iskusstvo rechi na sude. M., 1988.
Darsliklar
Argumentlashning mantiqiy asoslari