
ARGONAVTLAR haqida malumot bilib oling.
ARGONAVTLAR (yun. Argonautai; Argo — kema nomi va nautes — dengizchi) — yunon mifologiyasidagi qahramonlar. Argonavtlar «Argo» kemasida ajdaho qoʻriqlab turadigan oltin terini olib kelish uchun Yason boshchiligida Kolxidaga boradilar va sehrgar Medeya yordamida uni qoʻlga kiritib, Yunonistonga olib keladilar. Argonavtlar haqidagi mif yunon dengizchilarining Qora dengiz qirgʻoqlariga suzib kelishlari koʻhna tarixini aks ettiradi.
Ensiklopediya.uz
ARGONAVTLAR