AREVSHAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AREVSHAT haqida malumot bilib oling.

AREVSHAT — xoʻraki oʻrtapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Armanistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, choʻzinchoq, tigʻiz. Gʻujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 2800° — 2900 da 153 — 158 kunda pishadi. Kasallik va zararkunandalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida isteʼmol etiladi, qishda saqlashga chidamli.

Ensiklopediya.uz
AREVSHAT