AREKIPA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AREKIPA haqida malumot bilib oling.

AREKIPA — Peruning Limadan keyingi ikkinchi katta shahri. Mista vulkani etagida, 2300 m balandlikda joylashgan; zilzila boʻlib turadi. Aholisi 634 ming kishi (1990). Peruning jan. dagi savdo-tijorat, sanoat va madaniyat markazi; Tinch okeandan mamlakat ichki r-nlariga boradigan t. y. ustida. Toʻqimachilik, koʻn-teri, sovun, oziqovqat sanoati korxonalari, un-t (1928) bor. A. inklarning qad. shahri oʻrnida ispanlar tomonidan 1540-y. da barpo etilgan. 16 — 18-a. lar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Ensiklopediya.uz
AREKIPA