Arduino — katta imkoniyatlarga ega, kichik mo‘jiza!
Arduino Uno — bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo’lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish,(ulardan 6 tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat.
«Uno» so’zi italyanchada bir degan ma’noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqa «aka»lariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi.
Arduino Uno haqida qisqacha:
Mikrokontroller | ATmega328 |
Ishlash kuchlanishi | 5 V |
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani) | 7-12 V |
Kirish kuchlanishi(eng yuqori) | 6-20 V |
Raqamli kirish/chiqish |
14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin) |
Analog kirish | 6 ta |
Kirish/chiqish orqali o’zgarmas tok | 40 mA |
3.3 V kiritish uchun o’zgarmas tok | 50 mA |
Flesh xotira | 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi |
Tezkor xotira | 2 KB(ATmega328) |
EEPROM | 1 KB(ATmega328) |
Chastota | 16 MGs |
Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo’lsa, ulardan biri avtomatik tanlanadi.
Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan. Bu mikrokontroller 32 kB flesh xotiraga, undan 0.5 kB qismi yuklovchi uchun ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega.
14 ta raqamli chiqishning har biri yoki kirish yoki chiqish uchun sozlash mumkin. Bunda pinMode(), digitalWrite() va digitalRead() funksiyalaridan foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha tok kuchi o’tkazishi mumkin.
Arduino Uno kontrolleriga Arduino dasturi yordamida dastur yaratilinadi. Buning uchun Arduino dasturida menyuda Tools>Board va u yerdan «Arduino Uno» tanlanadi.
Yuqorida aytilganidek, bu kontroller juda ixcham o’lchamlarga ega bo’lib, uning tomonlari 6.9 va 5.3 smga teng. Bu esa o’z navbatida uni yanada qiziqarli qiladi.
Shunday qilib, Arduino Uno kontrolleri dasturlashni endi o’rganayotgan yosh dasturchilar uchun, ko’p yillik dasturlash bo’yicha tajribaga ega dasturchilarga juda kerakli bo’lishi mumkin. Chunki uning yordamida zamonaviy kompyuterlarning ishlash prinsiplarini o’rganish va kompyuterlarda tezkor xotira, doimiy xotira va protsessorlar nima vazifalarni bajarishini tushunish uchun yordam beradi.
DIY
Arduino — katta imkoniyatlarga ega, kichik mo‘jiza!