ARDENNA OT ZOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARDENNA OT ZOTI haqida malumot bilib oling.

ARDENNA OT ZOTI — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning jan. va Fransiyaning shim.-sharqidagi Ardenna togʻligi r-nida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zotining tirik vazni 600 — 700 kg, bal. 148—160 sm, koʻkrak ayla-nasi 190—210 sm, pochasining yoʻgʻonligi 20—23 sm atrofida. Rossiyaga 19-a. ning oʻrtalarida keltirilgan.

Ardenna ot zoti asosida rus ogir yuk tortuvchi ot zoti hamda boltiq boʻyi ot zoti yaratilgan. Avstriya, Vengriya, Argentina, Chilida ham boqiladi. Ardenna ot zoti tez yetiluvchan, shuningdek oʻta chidamli, ozuqa tanlamaydigan otlardan hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
ARDENNA OT ZOTI