ARDABIL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARDABIL haqida malumot bilib oling.

ARDABIL (Ardubiyl) — Eronning shim.-sharqidagi shahar. Aholisi 290 ming kishi atrofida. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. A. da qadimdan gilam toʻqiladi. Shaharda Ozarbayjon meʼmorchiliginining 14—17-a. larga oid noyob obidalari namunasi saqlangan. Ardabil yaqinida mineral buloqlar bor. Ardabilning qachon bunyod etilgani maʼlum emas. Shahar haqida dastlabki maʼlumot sosoniylarning soʻnggi vakillari davriga mansub adabiyotlarda uchraydi. Oʻrta asrlarda, ayniqsa 9 — 10-a. larda Ozarbayjonning yirik savdohunarmandchilik va madaniyat markazi edi; ayrim davrlarda kichikroq, mustaqil xonliklar poytaxti boʻlgan. 1220-y. da moʻgʻul bosqinchilari tomonidan vayron qilingan. 13-a. oxiriga kelib Ardabilda Safaviylar darveshlik tariqati vujudga kelgan. Safaviylarning Ardabil shayxligi Safaviylar davlatining vujudga kelishiga asos boʻldi.

Ardabilda mahobatli shayx Safi maqbarasi meʼmoriy majmuasi (16 — 17-a. lar) saqlangan: katta bogʻga (uz. 120 m) peshtokli darvoza (1648, ardabillik Ismoil tomonidan ishlangan) orqali kiriladi; kichik hovli, undan 8 burchakli masjidli (13-a.) katta hovliga oʻtiladi va toʻgʻri burchakli ziyoratgoh masjidi, unga silindrik gumbazli, uzluksiz naqshinkor shayx Safi maqbarasi va 8 burchakli Chinnixona binosi tutashib ketgan.

Ad.:Salamzoda Ardabil, Arxitektura Azerbaydjana XVI – XIX vv., Baku, 1964.

Ensiklopediya.uz
ARDABIL