
ARBOB haqida malumot bilib oling.
ARBOB (arab. — xoʻjayin, ega soʻzining koʻpligi) — 1) ijtimoiy-siyosiy va b. faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obroʻ qozongan mashhur shaxslar — jamoat va davlat A. lari (mas, Alisher Navoiy);
2) fan va sanʼatda oʻz ijodiy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar — fan va sanʼat A. lari (mas, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan Arboblari — T. N. Qori-Niyoziy, O. Sodiqov, S. Yunusov, I. Moʻminov; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat Arbobi — Nabi Gʻaniyev va h. k.). Oʻzbek amaliy sanʼatida ajoyib asarlari bilan mashhur boʻlgan talantli ustalar ham Arbob deb atalgan. Mas, xorazmlik taniqli meʼmor, oʻymakor, naqqosh usta Roʻzimat Masharipov xalq orasida Arbob nomi bilan mashhur boʻlgan;
3) boshliq, rahbar, qishloq oqsoqoli;
4) 18-a. oʻrtasi — 20-a. boshlarida Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshligʻi.
Ensiklopediya.uz
ARBOB