ARAVAKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAVAKLAR haqida malumot bilib oling.

ARAVAKLAR (arovaklar, aruaklar) — Jan. Amerika va Vest-Indiyadagi indeys xalqlari guruhi (guaxiro, kampa, machichenga, baniva, Aravaklarning oʻzi va b.). A. ning bir qismini Ispaniya mus-tamlakachilari qirib yuborgan, qolganlari (350 ming kishi, 1964) hoz. vaqtda Venesuelaning gʻarbiy r-nlarida, Kolumbiya va Peruning shim. viloyatlarida, Braziliyada va Boliviyada yashaydi. Umumiy soni 400 ming kishi (1992). Aravak tilida soʻzlashadilar. Aravaklarda urugʻchilik tuzumi va ruhlarga ishonish bilan bogʻliq boʻlgan diniy eʼtiqod saqlangan, bir qismi — katolik. Dehqonchilik va ovchilik bilan shugʻullanadilar, bir qismi katta yer egalariga qarashli plantatsiyalarda yollanib ishlaydi.

Ensiklopediya.uz
ARAVAKLAR