
ARARAT haqida malumot bilib oling.
ARARAT — Turkiyaning eng sharqiy chekkasidagi vulqonli massiv, Arake daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida, Eron b-n Armaniston chegarasi yaqinida. Turkiyadagi eng baland choʻqqi. Zamini birlashib ketgan ikki boshli soʻngan vulqon konuslaridan — Katta Ararat (turkcha Buyuk Agritogʻ; bal. 5165 m) va Kichik Ararat (bal. 3925 m)dan iborat. 30 ga yaqin kichik muzliklar bor.
Ensiklopediya.uz
ARARAT