ARANJIROVKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARANJIROVKA haqida malumot bilib oling.

ARANJIROVKA (frans. arranger – tartibga solish) — 1) musiqa asarini aslida nazarda tutilmagan oʻzga cholgʻu asbobi (yoki asboblar), xonanda (yoki xonandalar) ovoziga moslash; mas, operani fortepiano joʻrligida ijro etish, orkestr uchun moʻljallangan asar (simfoniya)ni bir yoki bir necha fortepiano uchun Aranjirovka qilish va h. k. Muallif moʻljallagan musiqa asbobining oʻzida asar ijrosini osonlashtirishi ham Aranjirovka deyiladi;

2) jaz yoki estradada — bevosita ijro jarayonida kiritiladigan va ijroning uslubi b-n bogliq turli (garmonik, fakturali) oʻzgarishlar;

3) oʻzbek xalq ijrochiligida keng oʻrin olgan ashula yoʻllarini cholgʻu kuylar sifatida ijro etish (mas, Surnap yoʻllari) va cholgʻu kuylarini ashulalashtirish («Munojot», «Choʻli Iroq», «Nasrulloyi» ashula yoʻllari kabi) jarayoni Aranjirovkaga yaqin.

Ensiklopediya.uz
ARANJIROVKA