ARANG MUHAMMADXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARANG MUHAMMADXON haqida malumot bilib oling.

ARANG MUHAMMADXON, Arangxon (? — 1688) — Xiva xoni (1686 — 88). Anushaxonning oʻgʻli. Munisning yozishiga koʻra, Ar. M. Xivadan 1 farsax (6—7 km) masofadagi Oqsaroyda oʻziga qarorgoh qurdirgan va koʻp vaqtini oʻsha yerda oʻtkazgan, tunda Xivaga qaytgan. Bir kuni Xivadan qaytayotganda Badrxon arigʻi koʻprigida otdan yiqilib oʻlgan. Arang Muhammadxon hukmronligi davrida Koʻhna Arkda Koʻrinish xona binosi qurilgan.

Ad.: Istoriya Xorezma, T., 1976.

Ensiklopediya.uz
ARANG MUHAMMADXON