ARALASH JAVOBGARLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARALASH JAVOBGARLIK haqida malumot bilib oling.

ARALASH JAVOBGARLIK — amaldagi OʻzR qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatda ishtirok etayotgan taraflar majburiyatni tula yoki qisman bajarmaslikda javobgar boʻlishi. Aralash javobgarlik asoslarini va taraflarning oʻz majburiyatlarini shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarar har ikki tarafga teng yoki biriga koʻproq, ikkinchisiga kamroq taqsimlanadi. Mac, jabrlanuvchi oʻzining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga koʻmaklashgan boʻlsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab, tovon miqdori kamaytirilishi lozim (OʻzR FK,104-modda). Ishni koʻrayotgan sud yoki xoʻjalik sudi Aralash javobgarlik aniqlanganda taraflarning zarar yetkazishdagi ayb darajalariga qarab, javobgarlik doirasini asosli, qonuniy va adolatli taqsimlashi shart. Aralash javobgarlik haqida taraflar oʻzaro tuzgan shartnomalarida oldindan kelishib olishlari mumkin, bu tartib keyinchalik ehtimoliy nizolarning oldini oladi yoki tez va toʻgʻri hal boʻlishida yordam beradi.

Ensiklopediya.uz
ARALASH JAVOBGARLIK