ARAFA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAFA haqida malumot bilib oling.

ARAFA (arab. — bilmoq, tanimoq, maʼrifat hosil qilmoq) — 1) hijriyqamariy yil hisobi boʻyicha 12-oy (Zilhijja) 9-kunining nomi. Islom manbalarida aytilishicha, bu kunning Arafa deb atalishiga sabab Ibrohim (as)ga Jabroil haj ibodatining arkonlarini shu kuni oʻrgatib ketgan. Hojilar shu kuni Arafot tepaligiga chiqib, to Quyosh botgunga qadar duo, ibodat va iltijo bilan mashgʻul boʻladilar;

2) Hayitdan oldingi kun ham Arafa deb nomlanadi. Shundan kelib chiqib xalqlar orasida tantanali, olamshumul voqealar va bayramlardan oldingi kun va muddatni ham Arafa deb nomlash odatga aylangan. Mac, Myctaqillik bayrami Arafasi, Yangi yil A. si va h. k.

Ensiklopediya.uz
ARAFA