ARABISTON GʻOʻZASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARABISTON GʻOʻZASI haqida malumot bilib oling.

ARABISTON GʻOʻZASI, areyzian gʻoʻzasi (Gossypium areysianum Defl .) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi F3, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta M. A. Deflers taʼriflab bergan. 1953-y. dan oʻrganilmoqda. Arabiston ya. o. jan. qismi, xususan Yamanda (issiq joylardagi dara va jarliklarning toshloq yoqalarida oʻsadi) tarqalgan. Arabiston gʻoʻzasi tik oʻsuvchi monopodial buta, boʻyi 3 m gacha yetadi. Oʻsimlikning koʻsagi mayda, dumaloq, uchi oʻtkir, uch chanoqli, pishib yetilishi bilan tukilib ketadi. Har bir chanogʻida 2 — 3 tadan chigit buladi. Chigiti mayda, uzunchoq, 9 — 11 mm gacha uzunlikdagi kulrang mayin tuklar bilan qoplangan. Arabiston gʻoʻzasi qurgʻokchilikka chidamli boʻlib, dengiz sathidan 700 — 2000 m balandlikdagi juda issiq joylarda oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
ARABISTON GʻOʻZASI