ARABISTON CHOʻLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARABISTON CHOʻLI haqida malumot bilib oling.

ARABISTON CHOʻLI — Afrikadagi choʻl. Sahroi Kabirning shim.-sharqiy qismi. Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligʻida. 22° sh. k. gacha choʻzilib borib, Nubiya choʻliga qoʻshilib ketadi. Yer yuzasi yassitogʻlik. Mutlaq balandligi gʻarbda 50 — 200 m, sharqda 2184 m ga yetadi. Kristall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yogʻin bir necha yillar davomida yogʻmasligi mumkin. Quruq oʻzan, vodiy koʻp. Yer osti suvlariga boy. Oʻsimlik turi kam (asosan akatsiya, yulgʻun, xurmo va b. oʻsadi). Aholisining koʻpchiligi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.

Ensiklopediya.uz
ARABISTON CHOʻLI