ARAB MUHAMMADXON MADRASASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAB MUHAMMADXON MADRASASI haqida malumot bilib oling.

ARAB MUHAMMADXON MADRASASIIchan qalʼa ansamblidagi meʼmoriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapetsiya shaklida qilib qurdirgan. Serhasham ishlangan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida Madrasa binosi murabba tarxli, peshtoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Bosh tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burchagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan.

Ensiklopediya.uz
ARAB MUHAMMADXON MADRASASI