ARAB-ISROIL URUSHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAB-ISROIL URUSHI haqida malumot bilib oling.

ARAB-ISROIL URUSHI (Falastin urushi) (1948 — 1949) — Arab davlatlari (Misr, Iordaniya, Iroq, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman)ning Isroil davlati bilan urushi. BMT Bosh Assambleyasining 1947-y. 29 noyab. dagi qaroriga binoan Falastin hududida Arab davlati barpo etilishi kerak edi. Ammo Isroil uning 6,7 ming kv. km lik qismini hamda Quddusning gʻarbini bosib olgan. Arab davlati uchun moʻljallangan Falastinning boshqa qismi va Quddusning sharqiy qismini Iordaniya oʻziga qoʻshib olgan. Isroil bosib olgan hududdan 900 mingdan oshiq arab aholisi quvgʻin qilingan. Yarash haqidagi bitim (1949) A.-I. u. natijasida vujudga kelgan Yaqin Sharq mojarosini hal etmadi.

Ensiklopediya.uz
ARAB-ISROIL URUSHI