Arab Alifbosi – 1 | Араб Алифбоси – 1

Arab Alifbosi – 1 | Араб Алифбоси – 1

Arab leksikografiyasi qanday paydo bo’ldi? Ma’lumki, Lug’atlarning paydo bo’lishi til rivojlanishidagi muhim bosqich bo’lib, bu bevosita jamiyat taraqqiyoti bilan ham bog’liqdir. Qaysi til yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa tushunish mumkinki, shu tilda gaplashuvchi jamiyat ham peshqadam odimlayotgan bo’ladi. Madaniyat keng rivojlanadi. CHunki, tilning o’zi madaniy shakldir. YOzuv jihatidan ham, fonetik, morfologik, sinatksik va stilistik, leksik jihatdan ham madaniy ko’rinishdir.

ARAB LUG‘ATSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI VA ABU HILOL AL-ASKARIYNING UNGA QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Abu Hilol al-Askariy / lug‘atshunoslik / Jaloliddin Al-Suyutiy / Qur’on / She’r / Vujuh va-n-nazair fi-Al-Qur’on-al-karim. / Abu Hilal al-Askari / lexicography / Jalaliddin Al-Suyuti / Qur’an / SH’er / Wujuh wa-n-nazair fi-Al-Qur’an al-Karim.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aziz Muhammadjonov

Ushbu maqolada arab tilshunosligida lug‘atshunoslikning yuzaga kelishi va mazkur soha ilk mualliflari hamda ular qoldirgan ilmiy me’ros haqida ma’lumot beriladi. Arab tili lug‘atshunosligining shakllanib rivoj topgan sabablari hamda bu borada ijod qilgan olimlarning ishlari to‘g‘risida qisqacha fikrlar keltirgan. Ayniqsa, Abu Hilol al-Askariyning lug‘atshunoslik doirasida yozgan kitoblari ilmiy tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Aziz Muhammadjonov

SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA BALOG‘AT ILMINING O‘RNI
O’ZBEK ILMIY TILSHUNOSLIGI HOLATI
IBN RUSHD E’TIQOD VA AQL UYG’UNLIGI BORASIDA
IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI
IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN’ATIGA QO‘SHGAN HISSASI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF ARAB DICTIONARY AND THE CONTRIBUTION OF ABU HILAL AL-ASKARI

This article provides information about the origin of lexical research in Arabic linguistics and the first authors of this direction, as well as about the scientific norms left by them. The author briefly outlined the reasons for the formation and development of Arabic linguistics, as well as the work of scientists who worked in this field. In particular, the books written by Abu Hilal al-Askari in the framework of lexical studies are scientifically studied.

Текст научной работы на тему «ARAB LUG‘ATSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI VA ABU HILOL AL-ASKARIYNING UNGA QO‘SHGAN HISSASI»

ARAB LUG’ATSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI VA ABU HILOL AL-ASKARIYNING UNGA QO’SHGAN HISSASI

Aziz Muhammadjonov TDSHU magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada arab tilshunosligida lug’atshunoslikning yuzaga kelishi va mazkur soha ilk mualliflari hamda ular qoldirgan ilmiy me’ros haqida ma’lumot beriladi. Arab tili lug’atshunosligining shakllanib rivoj topgan sabablari hamda bu borada ijod qilgan olimlarning ishlari to’g’risida qisqacha fikrlar keltirgan. Ayniqsa, Abu Hilol al-Askariyning lug’atshunoslik doirasida yozgan kitoblari ilmiy tadqiq etilgan.

Kalit so’zlar: Abu Hilol al-Askariy, lug’atshunoslik, Jaloliddin Al-Suyutiy, Qur’on, She’r, Vujuh va-n-nazair fi-Al-Qur’on-al-karim.

Аннотация: В данной статье приводятся сведения о возникновении лексиконных исследований на арабском языкознании и первых авторах этого направления, а также о научных нормах, оставленных ими. Автор кратко изложил причины становления и развития арабского языкознания, а также работы ученых, работавших в этой области. В частности, научно исследованы книги, написанные Абу Хилялем аль-Аскари в рамках лексиковедение.

Ключевые слова: Абу Хилаль аль-Аскари, лексикография, Джалалиддин ас-Суюти, Коран, Шэр, Уджух ва-н-назаир фи-аль-Коран аль-Карим.

Abstract: This article provides information about the origin of lexical research in Arabic linguistics and the first authors of this direction, as well as about the scientific norms left by them. The author briefly outlined the reasons for the formation and development of Arabic linguistics, as well as the work of scientists who worked in this field. In particular, the books written by Abu Hilal al-Askari in the framework of lexical studies are scientifically studied.

Keywords: Abu Hilal al-Askari, lexicography, Jalaliddin Al-Suyuti, Qur’an, SH’er, Wujuh wa-n-nazair fi-Al-Qur’an al-Karim.

Umaviy va Abbosiy xalifalari davrida ilm-fan misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etgani hamda fuqarolik huquqlari shariat qonunlari asosida tartibga solinar va adolat o’rnatishga harakat qilinar edi.

Tarixdan ma’lumki qadimgi tamaddun o’choqlariga nisbatan bu taraqqiyot insoniyat rivojiga qisqa vaqt ichida ulkan hissa qo’shdi. Islom diyorlarida ilm-fan va me’morchilikka bo’lgan talab yuksaldi.

Xalqlar va millatlarning yuksalishi, san’at, ilm-fan va arxitektura sohalari Islom me’yorlari doirasida o’zgardi; intellektual erkinlik keng quloch yoydi, inson va ijtimoiy hayot, tibbiyot va ekologiya, kimyo va algebra (darvoqe’ “algebra” so’zi asli Muhammad Al-Xorazmiyning “Al-jabr va-l-muqobala” asari asosida shakllangan, ifnormatik sohasidagi “algaritm” bevosita uning ismining evropacha shaklidir), fizika, astrannomiya sohalariga musulmon olimlar qo’shgan hissa to hanuzgacha e’tirof etiladi. Ularning uzoq va shonli tarixi, keyingi davrlar islom sivilizatsiyasi kengayishiga turtki bo’ldi.

O’sha davrlarda Arab tili xalqaro ilm tili sifatida dunyoga tanildi. Musulmon olimlar qaysi sohada ilmiy izlanish olib bormasinlar va mülatiari, etnik mansubliklari ona tillari qay til bo’lishidan qat’i nazar arab tilida ijod qildilar. Bu til gumanitar fanlar tili sifatida o’z leksikasining boyib borish tarixida ko’p voqelarga guvoh bo’lgan. Ayniqsa, lug’atshunoslik borasida ulkan ishlar olib borilgan. Arab tili leksikasi arab tilining til sohasidagi eng muhim yutuqlaridan bin hisoblanadi.

Arab leksikografiyasi qanday paydo bo’ldi? Ma’lumki, Lug’atlarning paydo bo’lishi til rivojlanishidagi muhim bosqich bo’lib, bu bevosita jamiyat taraqqiyoti bilan ham bog’liqdir. Qaysi til yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa tushunish mumkinki, shu tilda gaplashuvchi jamiyat ham peshqadam odimlayotgan bo’ladi. Madaniyat keng rivojlanadi. CHunki, tilning o’zi madaniy shakldir. YOzuv jihatidan ham, fonetik, morfologik, sinatksik va stilistik, leksik jihatdan ham madaniy ko’rinishdir.

Ilk arab qabilalari jamiyatlarida til og’zaki rivoyat orqali ajdodlardan avlodlarga o’tib kelgan. Urug’-qabila tipidagi shahar davlatlar madaniy hayotida arablarga xos etnik va madaniy – til ildizlari yuzaga kelgan. Bu taxminan eramizdan avvalgi ikkinchi ming yilliklar boshi va eramizning 5-6 asrlarini o’z chiga olgan davrdir. Bu borada arab tili leksikasi rang-barang va go’zal darajada boyidi.

Leksikologiya – tilning bir butunligi va so’zlarning lug’aviy birlik sifatida o’rganadigan tilshunoslikdagi murakkab fan hisoblanadi. So’zlarning lingvistik tahlil qilish to’rt xil darajada amalga oshiriladi: 1) fonetik (tilning fonematik tarkibini tahlil qilish), 2) morfologik (morfemik tuzilishini tahlil qilish), 3) leksik (so’zni nominatsiya birligi sifatida tahlil qilish), 4) semantik yoki semasiologik (so’zning semantik tuzilishini tahlil qilish) [Belkin 1975: 3].

Arab leksikologiyasi sohasidagi dastlabki asl asarlar X asr oxiri – XI asr boshlariga mansub. Eng yaxshi nazariy asarlardan biri Ibn Jinning (Abul-Fath Usmon ibn Jinniy. Mosul, 941 — Bog’dod, 1002)) “Xasois” (“Xususiyatlar”) kitobidir. Bu asar so’z va uning ma’nolari hamda ularning o’zaro bog’lanishi, so’zlarning so’z hosil

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

qilinishi, strnkturasi va boshqa shu kabi masalalarni qamrab olgan. Ibn Farisning (v. 1004) “as-sahobiy” nomli kitobida Arab adabiy tili so’z turkumlarining hajmi, so’z turkumlarining ishlatilishi bo’yicha tasnif, asosiy va qo’shimcha so’z turkumlari, tildagi polisemiya, omonimiya, sinonimiya, og’zaki va nominal til hosil bo’lish qoidalari va vaziyatlari haqida so’z yuritiladi. O’rta asr leksikologik bilimlarining bir turi Ensiklopediyasi Jaloliddin Al-Suyutiyning (1445-1505) «Al-Itqan fi ulum al- Qu’ran» kitobi bo’lib, unda muallif tilshunoslarning Arab tilshunosligi va leksikologiyaning turli muammolari haqidagi fikrlarini to’plagan.

Lug’atshunoslikda so’zlarni o’rganish ularga izohlar beruvchi manbalar yozishda dastlab izchil bir tizimga amal qilinmagan. Keyinroq esa alifbo harflari tartibida saralab chiqilgan. Bu esa leksik birliklarni izlab topib ma’nosini anglashni osonlashtirgan. E’tiborli tarafi shundaki bu borada ham mualliflar turli yondoshuvlarni qo’llaganlar. Masalan aksariyat so’zlarni boshlanish harfi e’tibori bilna alifbo tartibida keltirgan bo’lsa, ayrim manbalar so’z tugagan harf e’tibori bilan so’zlarni saralagan.

Abu Bashir Al-YAmon Ibn abu Al-YAmon al-Nadidiy (v. 284) o’z lug’atida so’zlarni qofidoshlik tartibida bergan. Bunda so’z birinchi, ikkinchi va uchinchi harflar bilan ko’rinadi va mufradot shaklida keltiriladi.

XIX asrdan boshlab zamonaviy Arab tilshunoslari tilning leksik tarkibi bilan qiziqa boshladilar. Bir qator lug’atlar chop etildi, ular orasida keng mashhurlikka ega bo’lgani “Muhiytul-muhiyt” lug’atidir. Keyinroq Arab tili tadqiqotchilari so’zlarni ma’no shaklidan tasniflashga ham e’tibor qaratdilar, masalan ayrim sohalarga oid so’zlarni bir to’plamga jamlash bilan shug’ullandilar. Masalan maktab o’quvchilari uchun alohida izohliy lug’atlar va shu kabilarni keltirish mumkin1.

YUqorida keltirib o’tganimizdek Abu Hilol al-Askariy lug’atshunoslikda o’zigacha bo’lgan mualliflardan farqli ravishda yangicha yondoshuvni boshlab berdi. YA’ni so’zlarni murfdot tartibida keltirish. Uning doktor Badaviy Tabanah tomonidan nashrga tayyorlangan va ilgari tadqiq etilmagan asari: Ob’ekt nomlarini bilishda muhim qo’llanma vazifasini bajaradi.

Mazkur tadqiqot shunday xulosa beradiki, Abu Hilol o’zining luhatshunoslik ilmiy faoliyati natijalari bilan arab madaniyati kutubxonasini boyitgan olimlardan olimdir, uning sermahsul ijodi nafaqat arab balki jahon nomoddiy boyliklarini kengaytirgan.

Keyingi dardagi tarjimonlar va qomusshunoslar Abu Hilolning kitoblarini ko’chirishdan nariga o’tolmaganlar.

Uning o’zi “Furuq al-lug’aviya” kitobi muqaddimasida yozadi: Men so’zlarning

1CanuM Xanm Prorç (1943). MaxamaTyn-KaGnnpa. 46

turlari, ulaming nutqda va undan tashqaridagi ma’nolari orasidagi farq borasidagi ilmsiz boshqa biron bir ilm rivojlanmasligini angab etdim2.

Muallif lag’atshunoslik ilmining ilm-fan va adabiyot, badiiy san’at boshqa ilmlar rivojida o’ta muhimligini ta’kidlamoqda. Haqiqatdan ham so’zlar haqida mukammal tasavvurga ega bo’lmay turib, biron bir sohada foydali kitob yozish mumkin emas.

Abu Hilol al-Askariy X asr Arab adabiyotining yirik olimi, shoiri, tanqidchisi va adabiyotshunosi sifatida tanildi. Asarlari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, ilohiyot va folklor masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ularning rivojiga o’z hissasini qo’shgan. U ko’plab asarlar muallifidir.

Ta’kidlash lozimki, u yozgan lug’atning adabiy-badiiy xususiyatlari bugungi kunga kelib olimlar tomonidan tadqiqot ob’ekti bo’lmagan. Bu asar Arab maqollari, hikmatli so’zlar va aforizmlarni o’rganishda olimlar tomonidan tilga olinadi. SHunday qilib, Abu al Hilal-Askari yozgan ba’zi izoh va jadvallar haqida Karl Brockelmann, Zilheim Rudolf, Ignaz Goldzier, Krachkovskiy va Hanna al-Fakhuriylar keng miqyosda tadqiqot olib borganlar3.

Abu Hilol al-Askariyning hayoti va asarlari haqida isroillik olim doktor Jorj Kanazi tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Mavzuga oid qiziqarli fikrlarni “Buyuk Islom Ensiklopediyasi”4dagi Azartash Azarnoush maqolasida uchratish mumkin. Ahmad Badaviyning doktorlik dissertatsiyasi Abu Hilal al-Askari asarlari tadqiqotiga bag’ishlangan. Dissertatsiyada Abu Hilol al-Asqariyning ritorika va notiqlik haqidagi ta’limoti haqidagi muallifning boshqa mualliflar ta’limotiga nisbatan nuqtai nazari ifoda etilgan. Ushbu tadqiqotda Abu Hilol al-Asqariyning hayoti va ijodiy ijodi haqida qisqacha ma’lumot berilib, muallifning asosiy e’tibori Abu Hilol al-Asqariyning ritorikasi haqidagi nazariy qoidalarni o’rta asrlarning boshqa Arab olimlari nuqtai nazari bilan taqqoslashga qaratilgan.

Zamondosh Arab olimi Ali Kozim Mashriy 2010 yilda Damashqda “Abu Hilol al-Asqariy va uning lug’atlar haqidagi bitiklari” kitobini nashr etib, Abu Hilol al-Asqariyning yozmalari va uning Arab tilshunosligi va adabiyotshunosligidagi o’rnini tadqiq etadi. SHu yili Bayrut shahrida Arab olimi doktor Ahmad Sayyid Abu Hilol Al-Askariyning “Vujuh va-n-nazair fi-Al-Qur’on-al-karim” deb nomlangan stilistika va so’zning semantikasi bilan munosabati masalalariga bag’ishlangan kitobini qayta nashrga tayyorladi.

Abu Hilol al-Askariyning “Al-amsal” asari xorijiy lug’atshunos olimlar e’tiborini hanuzgacha o’ziga tortib keladi. Undan ko’plab iqtiboslar olinadi.

2 Ä6y X,mon an-AcKapnn.”®ypyK; a^-flyraBHa”

3 X,aHHa an-OaK^ypnnnap.

4 “ByroK HcnoM Энцнкroпедн»сн”. Typma, HcraM6yn, 2010. (^ama Hamp).

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, Abu Hilol al-Askariyning ilmiy-adabiy merosi borasida olib borilgan tadqiqot doirasi juda kenga bo’lishiga qaramay, hanuzgacha ushbu me’rosni maxsus o’rganishga bo’lgan ehtiyoj katta. SHuning uchun uning adabiy-badiiy asarlari xususiyatlarini o’rganish Arab lug’atlarni o’rganishda yangi sahifa ochadi.

Abu Hilol al-Askariyning tarjimai holi va ijodiy merosini adabiy-badiiy xususiyatlarini o’rganish uning asarlarining tanqidiy nashrlari asosida o’rganish samarali natija beradi degan fikrdamiz. CHunki olimning asarlari 1892, 1964 va 1988 yillarda Qohirada, Bayrut va Bombeyda qayta nashr bo’lgan. Bundan tashqari, boshqa ishlari ham hamon o’z tadqiqotchilarni kutib turibdi.

Arab leksikografiyasining shakllanishi va rivojlanishi, johiliyat davri va Islom davri she’riyatida Arab maqollari va hikmatlaridan foydalanishni o’rganishda, rivoyatlarda, Qur’on oyatlarida va payg’ambarlar hadislarida, filologiya fakultetlari va sharqshunos talabalari uchun darslik, ma’ruza va amaliy vazifalar tayyorlashda, shuningdek, maqolalar va tezislar yozishda qo’llanilishi mumkin.

Binobarin, O’zbekiston Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “SHarqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4680-son Qarori5 bilan sharqshunos olimlar va tadqiqotchilar oldiga qo’yilgan aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun ham Abu Hilol al-Askariy kabi olilarning asarlarini tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Salim Xalil Rizq (1943). Majallatul-kabiyra.

2. Abu Hilol al-Askariy.”Furuq al-lug’aviya”

3. Hanna al-Fakhuriylar.

4. “Buyuk Islom Ensiklopediyasi”. Turkiya, Istambul, 2010. (qayta nashr).

5. “Xalq so’zi” gazetasi. 18.04.2020.

6. Po’latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo’shgan xissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

7. Po’latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari. //”SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

1 “Xa.K cy3M” ra3eTacM. 18.04.2020.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

10.Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

11.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo’shgan hissasi. // “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

Arab Alifbosi – 1 | Араб Алифбоси – 1

Китобда харфларнинг алохида, суз боши, суз уртаси ва суз охиридаги шакллари хаттотлик намунаси асосида аник ва катта шаклда берилган. Шунингдек, китобнинг иллюстрацияси, расмлар билан безатилгани укувчининг хар бир харфни ва расм остидаги сузни осон ёдлашини таъминлайди. Хар бир харф сунггида кичик лугатнинг берилиши укувчи суз бойлигини оширишга ёрдам беради.

Китоб мактабгача ёшдаги ва бошлангич синф укувчилари билан бир каторда тил урганишни истаганлар учун мактабдан ташкари кулланма сифатида тавсия этилади. Китоб узбек тили алифбеси тартибида тузилган. Унинг “Алифбве” кисмида харфлар иштирокида сузларни укиш, ёдлаш ва содда жумлалар тузиш таксад килинган. Кейинги кисми булган “Укиш китоби” да эса укиш ва ёзишда керак буладиган дастлабки коидалар берилади.

Араб тили алифбоси 1-китоб(Болалар учун)

Ўзбек тилида. Рангли расмлар билан.

Муаллиф: Анвар Аҳмад

Арабий алифбо
араб ҳарфлар
арабий ҳарфлар, ҳарфлари
Арабний ӯқиш

Men arab tilini bilaman

Bolalar uchun arabcha

Men arab tilini o’rgataman

Arab tilini o’rganadi
arabcha o’qish

Arab alifbosi o’zbek tilida

Qiziqarli malumotlar
Arab Alifbosi – 1 | Араб Алифбоси – 1