AQSHDA FUQAROLAR URUSHI haqida malumot bilib oling.
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI (1861—65) — 19 – a. oʻrtalarida burjuaziya hukmron boʻlgan Shim. dagi shtatlar b-n quldorlik hukmron boʻlgan Jandagi shtatlar oʻrtasidagi kurash. Jan. shtatlardagi quldorlik AQSHda sanoatning oʻsishiga toʻsqinlik qilardi. Jan. dagi quldorlik shtatlari qulchilikni saqlab qolish hamda uni butun mamlakatga yoyish maqsadida isyon koʻtarganlar (1861-y. apr.). Bu urush ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichi (1861—62)da Jan. shtatlar ustun keldi. Chunki prezident A. Linkoln urushni qatʼiyat b-n olib bormadi. Shim. shtatlarni yuksalib borayotganidan choʻchigan Angliya va Fransiya quldorlik shtatlarini qoʻllab-quvvatladi. Urushning ikkinchi bosqichida (1863 — 65) Shim. shtatlar gʻalaba qozondi. Unda keng xalq ommasi ishtirok etdi. Inqilobiy-demokratik harakatlarning kuchayishi natijasida Linkoln hukumati armiyani kuchaytirdi va b. tadbirlar koʻrdi. Uning urushda kdtnashganlarga uncha katta boʻlmagan pul evaziga Gʻarbda 160 akr (65 ga)dan yer berish haqidagi (1862-y. may) va negrqullarni ozod etish haqida (1863-y. yanv.) gi qonunlari quldorlikka qarshi kuchlarni ragʻ-batlantirdi, pirovardida Shim. shtatlar gʻalabasini taʼminladi. Urush burjua-demokratik inqilob tusini oldi. 1864 — 65 y. larda jan. liklarning asosiy kuchlari tor-mor qilindi va 1865-y. apr. da quldorlik shtatlarining poytaxti — Richmond sh. egallandi. Shim. ning gʻalabasi mamlakatda burjuaziya hukmronligini mustagʻkamladi, plantatorlar hukmronligi va qulchilikni yoʻq qilgan (rasman 1863-y. 1 yanv. da bekor qilingan), gʻarbdagi yerlarni oʻzlashtirish va jadal surʼatda industrlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratib bergan. AQSH hududining aksariyat qismida q. x. da fermerlik (amerikansa deb atalmish) yoʻli gʻala-ba qilgan. Biroq fuqarolar urushi yersiz ozod qilingan neflarga haqiqiy ozodlik keltirmagan.
Ensiklopediya.uz
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI