AQIQA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AQIQA haqida malumot bilib oling.

AQIQA (arab. — «chaqaloq sochini olish, qurbonlik soʻyish») — musulmon oilalarida yangi tugʻilgan bolaga ism qoʻyish va «qorin sochi» (bolaning tugʻilgandagi sochi)ga qaychi urish bilan bogʻliq odat. Johiliyat davridagi turli maʼbud va maʼbudalarga atab qilinadigan kurbonliklar oʻrniga musulmon oilasida farzand tugʻilganligining shukronasi sifatida bir qoʻy soʻyib (imkoniyatga karab) Aqiqa marosimini oʻtkazishlik joriy etilgan.

Islom anʼanasida Aqiqani chaqaloq tugʻilgan kunning 7 yoki 14, yoxud 21 kunlari oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda Aqiqa oʻtkazilmay qolinsa, soʻng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi.

Ensiklopediya.uz
AQIQA