
APROBATSIYA haqida malumot bilib oling.
APROBATSIYA (lot. approbatio — tasdiqlash, maʼqullash) — 1) tahlil qilish va tekshirish asosida rasmiy ravishda maʼqullash, tasdiqlash; mas, ilmiy asarni Aprobatsiya qilish;
2) ekin navining haqiqiyligini, nav sifatlarini aniqlash hamda urugʻchilik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadlarida tekshirish. Oʻzbekistonda nav Aprobatsiyasi ishlari 1925-y. dan boshlangan (q. Dala aprobatsiyasi);
3) chorvachilikda bir turdagi hayvonlar podasining zot belgilariga muvofiqligini aniqlash.
Ensiklopediya.uz
APROBATSIYA