APPENDITSIT HAQIDA BATAFSIL to’liq malumot oling

APPENDITSIT HAQIDA BATAFSIL to’liq malumot oling

APPENDITSIT HAQIDA BATAFSIL

#Appenditsit👇

ko’richak chuvalchangsimon o’simtasining yallig’lanishi. O’tkir va surunkali kechishi mumkin.

#SABABLARI👇

1.Chuvalchangsimon o’simta bo’shlig’ining yopilishi;

2.Infeksion kasalliklar (qorin tifi, tuberkulyoz);

3.Qabziyat

4.Sistemali vaskulit;

5.Go’shtli ovqatni chaynamasdan iste’mol qilish

6.Pista (semechka) chaqish.

#BELGILAR👇

1.Kindik, qorin yuqorisida o’tkir og’riq, 2- 6 soatdan so’ng o’ng tomonga siljiydi;

2.Ko’ngil aynish, qayt qilish;

3.Oshqozon faoliyati buzilishi;

4.Tez-tez siydik chiqarish;

5.Til oq karash bilan qoplanishi;

6.Tana harorati 38C gacha oshishi;

7.Taxikardiya.

#DIAGNOSTIKA👇

1.Qon umumiy tahlili;

2.Siydik tahlili;

3.Qorin palpatsiyasi;

4.Qorin bo’shlig’i a’zolari UTTsi;

5.Qorin bo’shlig’i a’zolari, o’pka rentgenologik tekshiruvi; 6.Diagnostik laparoskopiya.

7.Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko’rigidan o’tish lozim.

#DAVOLASH👇

1.O’tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi.

2.Surunkali appenditsitda: — Antibiotiklar; — Spazmolitiklar; — Fizioterapiya.

#PARHEZ👇

😡Quyidagilar man etiladi:

1.Yog’li go’sht va baliq turlari;

2.Qovurilgan ovqatlar;

3.Dudlanganlar;

4.Achchiq ovqatlar, ziravorlar;

5.Hamirli ovqatlar;

6.Tuzlanganlar;

7.Yog’li pishloq va sut navlari;

8.Spirtli va gazlangan ichimliklar.

#ASORATLARI👇

1.Qorin bo’shlig’i absesi;

2.O’pka arteriyasi tromboemboliyasi;

3.Tos venalari tromboflebiti;

4.Peritonit;

5.Jigar absesi;

6.Darvoza venasi yiringli yallig’lanishi;

7.O’lim holatlari.

#HAVF GURUHI👇

1.Homiladorlar;

2.10-12 yoshdagi bolalar;

3.Qabziyat;

4.Ko’p miqdorda oqsilli ovqat qabul qilish.

#PROFILAKTIKA👇

1.Qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash; — 2.Pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;

3.O’simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish; 4.Ko’p ovqatlanmaslik.

Kasalliklar
APPENDITSIT HAQIDA BATAFSIL