
APORT haqida malumot bilib oling.
APORT (frans. apport) — aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriga sotilgan aksiyalar uchun toʻlov tarzida oʻtadigan mulk. Muayyan summaga baholangan tovarlar, savdo va sanoat korxonalari Aport boʻlishi mumkin. Koʻp hollarda taʼsischilar yangi tashkil topayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga Aport tarzida oʻz korxonalari hamda tovarlarni oshirilgan narxda oʻtkazadilar, natijada mulk qiymatiga nisbatan koʻproq miqdorda aksiya oladilar.
Ensiklopediya.uz
APORT