APOLLONIY PERGAYOS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
APOLLONIY PERGAYOS haqida malumot bilib oling.

APOLLONIY PERGAYOS (mil av. 265 — 170) — yunon matematigi va astronomi. Asosiy asari «Konus kesimlar» boʻlib, uning yunon tilidagi 4 va arab tiliga tarjima qilingan 3 kitobi saqlanib qolgan; 8 kitobi yoʻqolgan. Apolloniy pergayos ellips, parabola va giperbola chiziqlari doiraviy konusni tekislik bilan kesish natijasida hosil boʻlishini birinchi boʻlib aytgan hamda ularning xossalarini mufassal tekshirgan. Apolloniy pergayos sayyoralarning koʻrinma harakatini tushuntirib bergan, epitsikllar nazariyasini yaratgan. Apolloniy pergayosning ishlari astronomiya, mexanika, optika, analitik geometriya va b. fanlarning rivojlanishida katta rol oʻynaydi.

Ensiklopediya.uz
APOLLONIY PERGAYOS