Apex bolalar kiyimlari
Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog’langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha to’yi nikoh tuziladigan va to’y o’tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar bo’lgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovg’alar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo’lidan sovg’alar qo’yilgan patnislarni olib, «sarpo ko’rar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda ko’p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig’ilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo’ladilar. Fotiha to’yidan boshlab va to to’yning o’zigacha yoshlarning ota-onalari qalin, sep masalalarini va to’y tantanasi bilan bog’liq tashkiliy masalalarni hal etadilar. To’ydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi o’tkaziladi, unga qiz o’zining yaqinlari va o’rtoqlarini taklif etadi.
️ UMKA SHOP ️ BOLALAR KIYIMLARI
Телеграм канал ️ UMKA SHOP ️ BOLALAR KIYIMLARI @novinkabolalarumkashop добавлен на наш сайт 30.01.2023
Информация о канале обновлена 08.02.2023.
Пожаловаться на контент
Пожаловаться на контент
Комментарии
Что бы оставить комментарий, пожалуйста, авторизуйтесь.
Другие интересные каналы
️ UMKA SHOP ️ BOLALAR KIYIMLARI
Статистика
Подписчики
Посты (30 дней)
Средний охват (сутки)
Средний охват (30 дней)
Рост подписчиков
Публикации
Просмотры
Средний охват + ERR%
Владелец канала не предоставил расширенную статистику, но Вы можете сделать ему запрос на ее получение.
Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.
Отправить запрос
Владельцу канала придёт уведомление
Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.
Apex bolalar kiyimlari
O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi.
O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.
Beshik to’yi
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qakdimgi va O’zbekistronda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’g’ yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Xatna qilish
Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar o’qiladi va oqsoqollar o’g’il bolaga duo o’qiydilar. Shundan so’ng katta «to’y» boshlanadi. «To’y» dan avval bolaga qo’shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovg’alarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. O’tmishda toychoqni sovg’a qilish rasm bo’lgan edi, bolani endilikda u jangchi bo’lganligini bildirib, unga bolani o’tqazar edilar. Hamma o’g’il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o’zida ayollaring davrasida «taxurar» – ko’rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi o’tkaziladi, buni odatda ko’p bolali ona bajaradi. Marosimni mo’l-ko’l dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko’ra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o’ynaydilar, turli o’yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi.
Fotiha to’yi
Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog’langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha to’yi nikoh tuziladigan va to’y o’tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar bo’lgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovg’alar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo’lidan sovg’alar qo’yilgan patnislarni olib, «sarpo ko’rar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda ko’p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig’ilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo’ladilar. Fotiha to’yidan boshlab va to to’yning o’zigacha yoshlarning ota-onalari qalin, sep masalalarini va to’y tantanasi bilan bog’liq tashkiliy masalalarni hal etadilar. To’ydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi o’tkaziladi, unga qiz o’zining yaqinlari va o’rtoqlarini taklif etadi.
Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o’zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo’la turib, u turli viloyatlarda o’zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o’tishi paytidir. To’y kuni kuyovnikida to’y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o’tkaziladi. To’y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o’qiydi, shundan so’ng ular xudo oldida er-xotin deb e’lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Odatda nikoh o’qilganidan so’ng yoshlar o’zining fuqarolik nikohini qayd etish uchun ZAGS ga boradi. To’y kuni kelinnikida kuyovga sarpo (to’yga sovg’a qilingan kiyimlar va poyafzal) kiydiriladi, shundan so’ng kuyov o’z oshnalari bilan kelinning ota-onasi huzuriga salom berish uchun boradi. Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so’ng kelin ham keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi bo’lib o’tadi. Kelin bilan birga yaqin o’rtoqlari ham boradi. Ular qo’shiqlarni aytadilar («O’lan» va «Yor-yor» qo’shiqlari). Kelinni kuyovning uyida kutib olishdan haqiqiy to’y boshlanadi. To’y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni «yanga» (odatda kelinga yaqin bo’lgan bir ayol) kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va chimildiq (go’shanga) ortida turib, kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari bilan birga xonaga yaqin keladi va yangia bilan birga uni kelin kutib turgan gushanga oldiga boradi. Kelinning oldiga kirish uchun u kelinni yangadan ramziy sotib olishi lozim, ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov-kelin tuni bilan birga qoladilar. Ertalab azonda «Kelin salom» marosimi boshlanadi. Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota-onasi, barcha yaqin qarindoshlari, kuyovningoshnalari va yaqin qo’shnilari yig’iladi. Ularning hammasi navabti bilan kelinning oldiga kelib, o’zining tilaklari, sovg’alari va duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.
Ertalabki osh
Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi. Mehmonlar dasturxonga o’tirib, fotiha o’qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mxmonlar yana fotiha o’qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko’pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo’shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg’alar – odatda choponlar (milliy erkak to’nlari) beriladi. Aza paytidagi ma’raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga o’tirganlarida Qur’on suralarini o’qiydilar va o’lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Kur’on suralari o’qiladi. Ma’raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to’y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, bayram to’y oshi va ma’raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.
Eng muhim davlat bayrami – Mustaqillik kuni 1 sentyabrda tantanali nishonlanadi. Har yili 8 dekabr kuni 1992 yilda mustaqil O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi xotirasiga nishonlanadi. qo’pgina boshqa davlatlardagidek, 9 mayda G’alaba kuni – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Ro’za tugashi bilan bog’liq bo’lgan bayram – ramazon hayit va qurbon hayit keng bayram qilinadi. Qurbon hayit eng ahamiyatli musulmon bayramlaridan biridir. Shu kuni belgilangan marosimlar va urf-odatlarni bajarganlaridan keyin musulmonlar mehmonlarga boradi yoki o’zi mehmon kutadi, kasallar, yolg’izlarga yordam beradi, yaqinlariga rahmdillik qiladi. «Ramazon hayit» – ma’naviy va ruhiy poklanish bayrami nihoyatda go’zaldir. U islom qonunlariga ko’ra musulmon hijriy yilning 9-oyiga to’g’ri keladigan 30 kunlik ro’za tugaganda boshlanadi. Bshu bayram kunlari o’lganlarni xotirlash kasallar, qarilarni ziyorat qilish, xayriya va boshqa ezgu ishlarni qilish odat bo’lgan.
Navro’z bayrami
Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z («Navro’z bayrami») 21 mart kuni, bahor kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazadi. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro’zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.
Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’-qabila an’analari bilan belgilanar edi. XIX asrdayoq kiyim (to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun kiyim bo’sh tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib turar edi. Kiyim bir tariqa tikilgan: erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari, yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi, tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson bo’lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon odatda belbog’ – qiyiqcha ro’mollari bilan bog’lanar edi. Bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton – lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlab edi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan.
Bosh kiyim (do’ppi)
O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do’ppi tikish san’atini avvaldan ayollar o’rganar edi. Do’ppilardagi eng ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarningnaqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar o’zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari bilan farqlanadi. O’zbekistoning ko’pgina tumanlarida chust do’ppilari eng ko’p uchraydi. Chust do’ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to’rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo’lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o’ralgan. Do’ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to’rt qirrali dumaloq do’ppilar va cho’zinchoq qalpoqcha. Chust do’ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to’la, mo’ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg’ona vodiysi do’ppilarining boshqa turlari – «Sandali», «Akka ikki so’m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do’ppilari «piltado’zlik» uslubiyotida bajarilgan. Do’ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do’ppilari, shahrisabzcha «gilam do’ppi», Kitol va Shahrisabz do’ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» – Xorazmning erkaklar va ayollar do’ppilari. Do’ppilarda eng ko’p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do’ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go’zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.
Lazgi raqsi – Xorazm folklorining yuragi
6931 Bir kuni, kechqurungi ziyofatdan so‘ng Xorazm shohi unga raqs tushib berishlari uchun xotinlari va kanizaklarini to‘pladi. Xotinlari orasida u tabiiy nafislik, raqs bilan sehrlash qobiliyatini ajratib ko‘rsatgan bittasini tanladi. Qolgan xotinlar esa go‘zalning soyasida qolishni xohlamadilar. Raqibalardan biri raqs paytida uning oyoqlari ostiga munchoqlar va shirinliklarni tashladi. Sevimli xotin sirpanib yiqildi va oyog‘ini sindirib oldi. Sevgilisini ranjitmaslik uchun u qo‘l barmoqlarini yoyib raqsga tushdi. Shoh juda xursand bo‘lib, ayolning g‘alati harakatlarini yangi raqs deb qabul qildi. Shunday qilib, rivoyatlarga ko‘ra, xorazmcha “Lazgi” raqsi uchun o‘ziga xos uslub – “qo‘llar va oyoqlarning “singan” harakatlari” paydo bo‘ldi. Afsonaviy “Lazgi” Xorazm raqsi bu nafaqat raqs, balki his-tuyg‘ularni, hissiyotlarni, dunyoni anglashni ifoda etishning o‘ziga xos uslubi, odamlarning ruhiyatidir. “Lazgi” harakatlarining o‘ziga xos xususiyati – bu yarim bukilgan oyoqlar, yelkalar va qo‘llar salgina silkinishining ustunligi, qo‘llarning “tebranadigan” harakatlari, oyoqlar bilan o‘ziga xos harakatlar hamda bo‘yin va boshning o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga mashhur harakatlanishidir. Xorazm raqsini ijro etish paytida yuz ifodalari nihoyatda ta’sirchan va hissiyotli ko‘rinish oladi.
Raqs liboslari ham g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Xorazm erkaklar raqs libosining ajralmas qismi bu qo‘pol mo‘ynali qalpoq bo‘lsa, ayollarning bosh kiyimi, aksincha, juda nafisdir. Raqqosalarning liboslari doim ko‘plab tangalar bilan bezatilgan bo‘ladi. Bizning davrimizga kelib, afsonaviy o‘zbek raqqosalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva va Gavhar Matyoqubova har bir harakatga sayqal bergan holda, Xorazm xalq raqslarini mukammallikka olib keldilar va shu bilan jahon sahnasini zabt etdilar. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Matyoqubovaning jamlanmasida “Xorazm” ansambli arxividan ko‘plab qiziqarli hujjatlar mavjud bo‘lib, ular u tomonidan yaqinda nashr etilgan va Lazgi raqsining rivojlanish tarixi haqida bebaho materiallar to‘plangan “Xorazm raqsi tarixi” kitobiga asos bo‘lib xizmat qildi. 2019-yil 12-dekabrda afsonaviy Lazgi raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida YUNESKOning insoniyatning nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida YUNESKOning nomoddiy merosni saqlash bo‘yicha Hukumatlararo Assambleyasida ushbu masala yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi.
Qiziqarli malumotlar
Apex bolalar kiyimlari