APENNIN YARIM OROLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
APENNIN YARIM OROLI haqida malumot bilib oling.

APENNIN YARIM OROLI — Jan. Yevropadagi yarim orol. Mayd. 149 ming km2, eni 130 — 300 km, uz. 1100 km. Apennin yarim orolining jan. da Kalabriya va Salentina, sharqida Gargano ya. o. bor. A. ya. o. Yevropaga Apennin togʻlari va Lombardiya pasttekisligi orqali tutashgan. Sitsiliya o. dan tor Messina boʻgozi bilan ajralgan Apennin yarim orolini gʻarbda Tirren, sharqda Adriatika, jan. da Ioniya dengizlari oʻrab turadi. Sharqiy sohillari shim. da botqoq va lagunalar kup, jan. baland hamda togʻli, gʻarbiy sohillari esa oʻydim-chuqur, tik va koʻp joylarda jarlikdan iborat. Apennin yarim orolini boshdan-oyoq Apennin togʻlari egallagan. Tirren dengizi sohili yaqinida vulkan (Vezuviy, Flegrey va b.) koʻp. Sohil kambar pasttekisliklardan iborat. Apennin yarim oroli Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq, yozi uzoq, issiq va quruq; Oʻrta dengiz buyiga xos doim yashil oʻsimliklar oʻsadi. Tekislik va togʻ oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim orolida Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
APENNIN YARIM OROLI