Apellatsiya arizalarini berish tartibi haqida to’liq ma’lumot oling

Apellatsiya arizalarini berish tartibi haqida to’liq ma’lumot oling

Apellatsiya arizalarini berish tartibi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

❕ Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.

Malumotlar
Apellatsiya arizalarini berish tartibi