AOMIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AOMIN haqida malumot bilib oling.

AOMINXitoy jan.-sharqidagi maxsus maʼmuriy rayon (1999-y. 20 de-k. dan) Jan. Xitoy dengizi sohilida, Chjuszyan daryosi quyilish joyida. Aomin ya. o., Xanszidao, Szyuao va b. bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 18 km2. Aholisi 430 ming kishi (1999) aksari qismi xitoylar va portugʻallar. Dindorlari budda diniga eʼtiqod qiladi, katoliklar ham bor. Maʼmuriy markazi va porti — Aomin (342 ming kishi, 1991). 1557-y. da Portugaliya A. ni Xitoydan ijaraga olgan. 1680-y. dan Portugaliya mulki, 1951-y. dan Portugaliyaning «dengiz ortidagi provinsiyasi». Xitoy va Portugaliya hukumatlarining qoʻshma bayonotiga muvofiq (1987) Aomin 1999-y. dan boshlab Xitoy suvereniteti ostiga oʻtdi.

Iqtisodining asosini turizm bilan birga eksport uchun kiyim-kechak va b. toʻqimachilik buyumlari, elektron qismlar, oʻyinchoqlar i. ch. tashkil etadi. Aomin iqtisodi yana Xalqaro moliya-savdo operatsiyalarida vositachilik qilishga ham asoslangan. Baliqovlanadi. Dengiz kurortlari, qimorxonalar bor.

Ensiklopediya.uz
AOMIN