ANZOB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANZOB haqida malumot bilib oling.

ANZOB — kechpishar xoʻraki uzum navi. Tojikiston dehqonchilik i. t. institutida |(Kattaqoʻrgʻon Aleksandriya muskati) x Sultoniy)| navlarini chatishtirib yaratilgan (A. D. Savchenko, I. F. Kirillov). Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, bir oz choʻzinchoq, besh boʻlmali, kertikli, orqa tomoni qalin tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi va gʻujumi yirik, teskari tuxumsimon, koʻkimtirsargʻish. Poʻsti qalin, seret, karsillaydi. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigʻindisi 3100 — 3300° da 140-150 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 250 — 270 s/ga. Antraknoz, ragʻa kasalliklari va barg oʻrovchiga bardoshli; uzoq joylarga joʻnatilganda yaxshi saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
ANZOB