Anush Tekin Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Anush-Tegin Garchai — 1077 yildan 1097 yilgacha Xorazm hukmdori, Anushtekin xorazmshohlar sulolasi asoschisi.
Rashid ad-din va Hofizi Abru qoldirgan ma’lumotlariga ko‘ra, Anush Tekin turkiy qavmlardan kelib chiqqan va Bekdili o‘g‘uz sulolasiga tegishli. Yoshligida u Garjistonda qul bo‘lgan, saljuqiy amirlaridan biri — Isfaxsalar Izzad-Din Onar Bilge Tekin tomonidan sotib olingan. So‘ngra xizmat yuzasidan martabasi ko‘tarilib borgan va natijada sulton Malikshoh xizmatigacha yetib kelib, sultonning yuvinish xonasi va yuvinish uchun unsurlar saqlovchisi “tashtdara” lavozimiga ega bo‘lgan.
Ma’lum vaqtdan so‘ng Anush Tekin Malikshohning ishonchli insoniga aylandi. An’anaga ko‘ra tashtdara lavozimi bilan bog‘liq barcha harajatlar Xorazmdan keladigan soliq tushumlari hisobidan to‘langanligi sababli, Anush Tekin 1077 yili Xorazm hukmdori (mutasarrifi) etib tayinlandi. Biroq, Xorazm hokimiyati to‘laligicha uning qo‘lida bo‘lmagan. Zero, Xorazmda Malikshohning o‘g‘li Ahmad Sanjarning mamluki Ekinchi ibn Qo‘chqor valiy edi.
1097 yil Anush Tegin vafot etadi va Xorazm hukmronligi lavozimi Ekinchi ibn Qo‘chqorga o‘tadi, oradan ozgina vaqt o‘tgach, Anush Teginning o‘g‘li Qutb ad-Din Muhammadga o‘tadi.
1097 йили Ануш Текин вафот этди ва Хоразм ҳукмронлиги Экинчи ибн Кўчкарга ўтди, бир оз вақтдан сўнг, ҳукмдорлик Ануш Текиннинг ўғли – Қутбиддин Муҳаммадга ўтди.
Arboblar
Anush Tekin
manba:arboblar.uz