ANTRATSEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTRATSEN haqida malumot bilib oling.

ANTRATSEN, — kondensirlangan uchta benzol yadrosidan iborat aromatik uglevodorod. Mol. m. 178,24. Rangsiz kristall, eritma va suyuqlikda saqlanib qoluvchi binafsha rangda fluoressensiyalanadi (tovlanadi). Suyuqlanish t-rasi 216°, qaynash t-rasi 342°. A. toshkoʻmir smolasi tarkibida 0,3 — 0,5% boʻladi va shu smolani haydash jarayonida 270 — 360° da ajralib chiqadigan antratsen moyidan olinadi. Antratsen birinchi marta 1832-y. da toshkoʻmir smolasi tarkibida topilgan. Antratsen oksidlansa antraxinon boʻyoqlar olish uchun ishlatiladigan muhim oraliq mahsulotantraxinon hosil boʻladi. Aromatik uglevodorodlarga xos reaksiyalarga kirishadi: galogenlash, nitrolanish, sulfidlanish va b.

Ensiklopediya.uz
ANTRATSEN