ANTISEGNETOELEKTRIKLAR haqida malumot bilib oling.
ANTISEGNETOELEKTRIKLAR — dipollari parallel joylashmagan segnetoelektriklar. A. antiferromagnitlarning oʻxshashi boʻlib, tashqi elektr maydon boʻlmaganda ionlarning ayrim kristall panjaralari noldan farkli elektr dipol momentiga ega boʻladi. Tashqi elektr maydon taʼsirisiz ham dipollari bir xil yoʻnalgan domenlar mavjud. Elektr maydon kuchi yoʻnalishidagi koʻshni domenlarda dipollarning oriyentirlanishi (yoʻnalishi oʻzgarishi) natijasida domen oʻsa boshlaydi. Eng oxirida dielektrik shu yoʻnalish boʻyicha qutblanadi. Dielektriklar elektr maydon kuchi taʼsirida qancha jadal qutblansa, shu dielektrik ishlatilgan kondensatorning sigami shuncha katta boʻladi.
Baʼzi Antisegnetoelektriklarda kuchli elektr maydon taʼsirida segnetoelektrik holatga fazoviy oʻtish sodir boʻladi, yaʼni antipa-rallel holatdan dipollari tartiblashgan parallel holatga oʻtiladi. Antisegnetoelektriklarga PbZ2O3, NaNbOj, PbMgWO6 va b. birik-malar kiradi. Ularda antisegnetik holatdan segnetik holatga fazoviy oʻtish mos ravishda 230°, 360° va 38° da sodir boʻladi. Baʼzi qattiq birikmalar asosidagi Antisegnetoelektriklarning dielektrik va pyezoelektrik koʻrsatkichlari yaxshi boʻlganligi uchun elektron texnikada keng ish-latiladi (chiziqsiz optik material sifatida lazer texnikasida; yorugʻlik nurini boshqarish uchun elektrooptik qurilmalarda, past chastotali, katta solishtirma sigʻimga ega boʻlgan konden-satorlarni i. ch. da; hisoblash texnikasida xotira elementi sifatida; dielektrik kuchaytirgichlarda, modulyatorlar va b. qurilmalarda ishlatiladi).
Ensiklopediya.uz
ANTISEGNETOELEKTRIKLAR