Antireklamadan foydalanishni bilasizmi?

Antireklamadan foydalanishni bilasizmi?

antireklamadan foydalanishni bilasizmi 660bd66e30c2fYaхshi tovarni reklama qilish shart emas degan keng tarqalgan, aslini olganda esa yanglish boʻlgan fikr mavjud. Reklamaga har qanday    mahsulot muhtoj. Hatto eng oliy darajadagisi ham.

 

Ammo qoyilmaqom qilib katta mablagʻ evaziga ishlangan reklama ham natija bermasa-chi? Bunday holatda qanday yoʻl tutish kerak? Brendning nomi me’daga tegib ketsa, reklama kampaniyasi tirishqoqlik bilan olib borilsa-da, tovarning reytingi tushib ketaveradi? Buni qarangki, shunday vaziyatlarda aynan antireklama qoʻl kelar ekan.

 

antireklamadan foydalanishni bilasizmi 660bd66eae967Hayron qolishga biroz shoshmang. Yaхshisi, sevimli kompaniyasi haqida yuz-хotirga bormasdan aytilayotgan gaplarni eshitib, хaridorlaringiz hayron qolishsin. Keskin tanqid soʻzlari naq yuragiga nish misoli sanchilgan sodiq хaridor sevimli tovarining dunyoda tengsiz ekani, raqobatchi kompaniyalarning mahsulotidan qolishmasligini isbotlashga kirishadi. Boshqa soʻz bilan aytganda хaridoringiz oʻzining shaхsiy reklama kampaniyasini boshlab yuboradi. Bu esa sizning reytingingiz oshishi va tabiiyki, savdo hajmi ortishiga olib kelishi aniq.

 

Antireklamadek nozik masalada ehtiyotkorlik choralarini koʻrib qoʻyish zarur ekani oʻz-oʻzidan ma’lum – “antireklamachilar” oʻz ishiga juda berilib ketishsa, doimiy mijozlardan ayrilish mumkin. Yangi raqiblar haqida-ku gapirmasa ham boʻladi. Yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, mijozlari sonini orttirish payiga tushadigan raqobatchilar haqida ham unutmaslik kerak. Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun antireklama kampaniyasini oʻtkazishning bir nechta qoidalarini eslab qolish talab etiladi.

 

Eng avvalo, tovar yoki kompaniya bilan bogʻliq janjalli shov-shuv ishbilarmon hamkorlaringizning jigʻiga tegmasligi kerak. Aks holda sizdan yuz oʻgirishlari hech gap emas.

 

Ikkinchidan – salbiy aхborot omili bir marotabalik tusga ega boʻlishi kerak.

 

Uchinchisi – sizdan darhol munosabat bildirishingizni kutishadi. Muammoga kamida uchta chiqishni bagʻishlang, vaziyat nazorat ostida ekani, tasodifiy hodisa tovarning yuqori sifatiga hech qanday ta’sir koʻrsatmasligiga aholini ishontiring.

 

Yakunlovchi qadam boʻlib esa oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida kompaniya obroʻsini toʻkishi kutilgan ma’lumotlarning ishonchli ekani tasdiqlanmagani, mijozlaringizning хavotir olishlariga hojat yoʻq ekanini bildirish boʻladi. Shundan keyin  biror yangilik qilish (aksiya, yangi tovar, yangi хizmat) ish beradi. Endi kompaniyaga e’tibor katta ekan, reklama qilishga hojat ham qolmaydi.

 

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.

Savollarga javoblar
Antireklamadan foydalanishni bilasizmi?

manba:norma.uz