ANTIMONIDLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTIMONIDLAR haqida malumot bilib oling.

ANTIMONIDLARsurma elementining metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Erish t-ralari nisbatan yuqori boʻlgan qattiq moddalar. Vodorod antimonid (stibin) nihoyatda zaharli gaz. Metall Antimonidlar uz xossalari b-n nitridlarga oʻxshaydi. Davriy sistemaning birinchi, ikkinchi va qisman uchinchi guruhlaridagi asosiy guruh elementlarning Antimonidlar ida surma uch valentli boʻladi. Qoʻshimcha guruh metallarining Antimonidlar ida surmaning valentligi uchdan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin. Alyuminiy, galliy va indiy metallarining Antimonidlari yarimoʻtkazgich xossasiga ega. Baʼzi metallarning Antimonidlari yumshoq materiallarning qattiqlik va moʻrtligini oshirish maqsadida sanoatda qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ANTIMONIDLAR