ANTIFRIZLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTIFRIZLAR haqida malumot bilib oling.

ANTIFRIZLAR (anti… va ing. freeze – muzlatish) — ancha past ( — 75° dan 0° gacha) t-rada muzlamaydigan suyukliklar; 0° t-radan past t-rada ishlaydigan inki yonuv dvigateli va b. turli qurilmalarning sovitish tizimlarida ishlatiladi.

Issiqlik hajmi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, qaynash va alangalanish t-rasi yuqori; past t-rada qovushokligi kam. A. sovitish tizimi detallarini zanglatmasligi, shlanglar va qistirmalar materi-allarini yemirmasligi kerak. Shuning uchun Antifrizlar etilenglikol, glitserin, baʼzi spirtlarning suvdagi eritmasi va b. organik birikmalardan tayyorlanadi. Koʻproq etilenglikolning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Uning muzlash t-rasi — 65° gacha.

Ensiklopediya.uz
ANTIFRIZLAR