ANTIFON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTIFON haqida malumot bilib oling.

ANTIFON (yun. antiphonos — javoban sadolanuvchi; anti — qarshi va phon — ovoz, tovush) — ikki xorning yoki yakkaxon xonanda bilan xorning navbatmanavbat kuylashi. Kelib chikishiga koʻra yunon fojiasi bilan bogʻliq boʻlib, unda xor ikkiga ajralib kuylagan. Keyinchalik turli cherkov xorlariga, jumladan xristian diniy-musikiy marosimiga kiritilpsh. Antifon uslub sifatida Yevropa kompozitorlarining koʻp asarlarida qoʻllanilgan.

Oʻzbek xalqi musiqasida ham Antifon uslubi mavjud, ayniqsa, anʼanaviy katta ashu-la, yalla va b. ijrochiligida kuzatiladi. «Shashmaqom»ning aytim yoʻllarini ijro etishda yakkaxon bilan bir guruh xonandalar yoki ayollar bilan erkaklarning navbatma-navbat kuylashi ham Antifon hisoblanadi. M. Burhonov, S. Boboyev, B. Umidjonov va b. oʻzbek kompozitorlarining joʻrsiz xor uchun yaratgan asarlari ham Antifonga misol buladi.

Ensiklopediya.uz
ANTIFON