
ANTIDOTLAR haqida malumot bilib oling.
ANTIDOTLAR, ziddizaharlar (yun. antidoton — zaharga qarshi) — organizmga har xil yoʻllar bilan kirgan zaharli moddalarni zaharsizlantiruvchi kimyoviy moddalar. Ular xilma-xil boʻlib, zaharlangan organizmga turli (ichish, sur-tish va h. k.) yoʻllar bilan yuboriladi. Organizmga kirgan zahar qonga shimilib ulgurmasdan uni chiqarib yuborish yoki neytrallash chorasi kuriladi: meʼda yuviladi, Antidotlar yuboriladi (mas, odam kislotalardan zaharlanganda natriy bikarbonat, magniy oksid kabi ishqorlar, ishqorlardan zaharlanganda esa limon kislota yoki limon shirasi, sirka, suyultirilgan sirka kislota va b. ichiriladi), Zahar qonga shimilib ketgan boʻlsa, neytrallanadi yoki zaharsizlantiriladi: qonga glyukoza yuboriladi va maxsus choralar koʻriladi, mas, mishyak (arsen)li moddalar (lyuizit), ogʻir metall tuzlari (sulema va b.)dan zaharlanganda qonga unitiol, sianidlardan zaharlanganda amilnitrit, fosfororganik moddalar (xlorofos va b.), zaharli qoʻziqorin (muskarin) dan zaharlanganda atropin yuboriladi.
Ensiklopediya.uz
ANTIDOTLAR